Xavi “As-Sadd” futbolchisini “Barsa”ga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Yaqin kelajakda qimmatbaho o'yinchilarni sotib olishga umid qilishning hojati yo'qligini tushungan “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes arzonroq variantlarni izlay boshladi. Xususan, murabbiy hujum pozitsiyasini mustahkamlashga muhtoj.
Ispaniyaning “Sport” nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Xavi oldin ishlagan “As-Sadd” klubi hujumchisi Bag'dod Buneja qishda Kataloniyaga ko'chib o'tishi mumkin. Etiborlisi, 29 yoshli futbolchi faoliyati davomida hech qachon Evropada o'ynamagan. U Tunis, Jazoir va Qatar chempionatlaridagi jamoalari sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Buneja “Al-Sadd” safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Transfermarkt portali jazoirlik futbolchini 6 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
266