MYuda Kerrikka kimlar yordam berishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning yordamchilari Mayk Felan va Kiran Makkenna jamoada ishlashda davom etadi.
Bugun tong vaqtinchalik bosh murabbiyi lavozimini egallagan Maykl Kerrik ulardan klubni boshqarishda yordam so'ragan. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Angliya Premer-ligasining 12-turida "Uotford"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan "qizil iblislar" rahbariyati shoshilinch yig'ilish o'tkazib, norvegiyalik mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qilgan edi.
Bugun tongda klub Sulsherning iste'fosi haqida rasmiy ma'lumot berib, uning o'rnini vaqtincha Maykl Kerrik egallashi haqda e'lon qildi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278