Sarri “Yuventus” haqida: “Endi menga farqi yo'q”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

“Yuventus” bilan o'yindan so'ng “Latsio”ning amaldagi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri turinlik muxlislarning norozilik hushtaklarini qanday qabul qilgani haqidagi jurnalistlarning savoliga javob berdi. Malum bo'lishicha, italiyalikni endi sobiq jamoasining ahvoli ham, muxlislarning unga bo'lgan munosabati ham qiziqtirmaydi.
“To'g'risi, ularga ahamiyat bermayman. Ha, men u erda bir qancha ajoyib futbolchilarni ustozlik qilganman, ammo bu o'tmishda. Endi menga farqi yo'q”, - deya fikr bildiradi Sarri.
Rimliklarning ustozi “Yuventus” bilan uchrashuvdan keyin kayfiyati yaxshi emasligini ham eslatib o'tish joiz – u hakamlar brigadasi harakatidan norozi edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274