«Metallurg» muhim g'alabaga erishdi, «Turon» Superligani tark etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Mamlakat milliy chempionatining so'nggi turlariga kelib kuchlilar safida o'z o'rnini saqlab qolish ilinjidagi jamoalarning o'yinlari muxlislar diqqat markazida turdi. Bekoboddagi “Metallurg” – “Turon” jamoalari uchrashuvi ham bundan mustasno bo'lmadi. Mehmonlar faqat nazariy jihatdangina imkoniyatga ega bo'lsa, “Metallurg”ning taqdiri o'zining qo'lida edi. Bekobodliklar g'alaba qozonishgani taqdirda kamida pley-off uchrashuvini naqd qilib qo'yardi.
O'yin ham shunga yarasha qiyin, asabiy va kurashlarga boy bo'ldi. Maydonning har bir qarichi, har bitta to'p uchun murosasiz “jang” kechdi. Jang taqdirini esa Shahzodbek Nurmatov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi. 22-daqiqada burchakdan to'pni o'yinga kiritish kombinatsiyasi biroz cho'zildi. Ammo yakunda u “Metallurg”ga omad keltirdi. Stanislav Andreevning takroriy uzatmasidan unumli foydalangan Shahzodbek Nurmatov to'pni boshi bilan urib raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Uchrashuvning birinchi taymida hududiy ustunlik maydon egalari tomonida bo'lsa, ikkinchi taymda tashabbus mehmonlar tomoniga o'tib ketdi. Shunday qiyin lahzalarda “Metallurg” himoyachilari, butun tarkib a'zolari iroda ko'rsatdi. Ayniqsa, darvozabon Aleksandr Lobanovning g'alabaga qo'shgan ulushi beqiyos bo'ldi.
Superligadagi mavqeini uzil kesil hal etib olish uchun “Metalurg” oxirgi turda safarda “Qizilqum” ustidan yutuqqa erishishi zarur. "Turon" esa Pro ligaga tushib ketdi.
Coca Cola Superliga. 25-tur
"METALLURG" – "TURON" – 1:0
Gol: Shahzodbek Nurmatov (22)
Ogohlantirishlar: Muhammad Isaev 42, Sunnatilla Abdullajonov 82, Vladislav Kasminin 82, Farruh Ibrohimov 83
“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 8.Salamat Qutiboev, 10.Shahzodbek Nurmatov ( 9.Mahmudjon Qudratillaev, 56), 15.Zohid Abdullaev, 21.Kamoliddin Tojiev (6.Xudoyshukur Sattorov, 25), 22.Shahzodbek G'ofurbekov, 28.Stanislav Andreev, 48.Dilshod Rahmatullaev (14.Abrorbek Toshqo'ziev, 56), 70.Muhammad Isaev, 80.Farruxjon Ibrohimov, 98.Damir Temirov (79.Bobir Davlatov, 82)
"Turon": 87. Akmal Ortiqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 6. Sardor Abduraimov, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 9. Humoyun Murtozaev, 17. Muzaffar Muzaffarov (23. Otabek Zokirov, 79), 18. Fozil Musaev (s), 19. Vladislav Kosminin, 43.Kim Boyong (14. Doniyor Ismoilov, 79), 55. Dayan Ponevich, 77. Bilol Toshmirzaev.
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistent: Rustam Lutfullin
VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin
Komissar: Sherzod Rajabov.

Bosh sahifaga
269