Anchelotti Beyl haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 14-turi doirasidagi «Granada»ga qarshi o'yin oldidan uelslik hujumchi Garet Beyl haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Beyl bilan bog'liq vaziyat ancha oshkora edi. Unga terma jamoaga borishga ruxsat berildi, u erda uning holati baholandi, u o'ynadi va jarohat oldi. Balki baholash etarlicha aniq bo'lmagandir. Endi uning tiklanishiga erishishimiz kerak, chunki biz ishonamiz. U bu mavsumda bizga foydali bo'lishi mumkin.
Shubhasiz, Beylning Uels terma jamoasi bilan o'ziga xos munosabati bor, lekin u ham »Real«da o'ynashni xohlaydi. U maydonga qaytishni istaydi», - dedi Anchelotti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199