“Roma” futbolchisi Rossiya chempionatiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

“News.am” nashri xabariga ko'ra, Rimninng “Roma” klubi yarimhimoyachi Genrix Mxitaryanni birdaniga Rossiyaning uchta top-klubi qo'lga kiritmoqchi. Manbaga ko'ra, armanistonlikni “Spartak”, “Zenit” va TsSKA klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, yangi bosh murabbiy Joze Mourino kelishi bilan yarimhimoyachi ancha kamtarona natijalar ko'rsatmoqda. Katta ehtimol bilan Mxitaryan yanvarda klubi ro'yxatini o'zgartiradi.
Joriy mavsumda futbolchi 15 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210