Boks. Toshkent shahrida o'tkaziladigan U-22 Osiyo chempionatining yangi sanasi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Yodingizda bo'lsa, shu yil Toshkent shahrida 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilishi haqida xabar qilgandik.
Ammo, ma'lum sabablarga ko'ra ushbu musobaqa muddati o'zgargandi. Kuni kecha, Osiyo boks konfederatsiyasining Ijroiya Qo'mitasi a'zolarining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda 2022 yilda turli yosh toifalarida o'tkaziladigan Osiyo chempionatlarining tashkiliy masalalari ham muhokama qilindi.
Ijroqo'm qaroriga ko'ra, 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi qit'a chempionati 2022 yilning 20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi.
Qolgan yosh toifalari bo'yicha o'tkaziladigan Osiyo chempionatlari manzillari va sanalari yaqin orada e'lon qilinadi.
Manba: O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263