"Tottenxem" "Yuventus"ning asosiy himoyachisiga e'tibor qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Turinning "Yuventus" jamoasi himoyachisi Matteys De Ligt faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Tottenxem" yangi bosh murabbiyi Antonio Konte va jamoa sport direktori Fabio Paratichi himoya chizig'ini kuchaytira oladigan futbolchilar orasidan niderlandiyalikka asosiy e'tiborini qaratishmoqda.
Futbolchining "keksa sinora" safida olayotgan maoshi juda yuqoriligi sabab ular ham De Ligtning ketishiga qarshi emas. Ammo futbolchini qo'lga kiritishni istagan klub turinliklar hisob raqamiga 90 million evroni o'tkazib berishi kerak.
Joriy mavsum 22 yoshli Matteys "byankoneri" safida A Seriyaning 9 o'yinida maydonga tushib, 1 gol kiritdi.
Manba: Daily Mail
Bosh sahifaga
266