La Liga. "Barselona" Xavining debyut uchrashuvida g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

Ispaniya chempionatining 14-turidan o'rin olgan navbatdagi bahs yakunlandi.
Kataloniyadagi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tgan "Barselona" – "Espanol" uchrashuvida mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni "ko'k-anorranglilar"ning niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depay penaltidan kiritdi. Ushbu gol o'yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Barselona" o'z ochkolarini 20taga etkazib olib 6-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, "Espanol" 17-ochko bilan 11-pog'onada.
La Liga, 14-tur
"Barselona" – "Espanol" – 1:0 (0:0,1:0)
Gol: 48 – Depay (1:0 - penalti)
Barselona – Ter Shtegen, Mingesa, Pike, Erik, Alba, De Yong, Buskets, Niko, Gavi, Axomax, Depay.
Espanol – Lopes, Vidal, Gomes, David Lopes, Kabrera, Pedrosa, Embarba, Errera, Darder, Puado, De Tomas.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
229