Mourino yana janjallashib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

Avvalroq, murabbiy Joze Mourino mashg'ulotlar paytida bir futbolchisi bilan janjallashib qolgani aytilgandi. Yaqinda chiqqan ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik yana bir “bo'rilar” futbolchisi bilan janjallashib qolgani aytilmoqda.
Gap portugaliyalik mutaxassis matbuotda bir necha bor maqtagan Nikolo Zanolo haqida ketmoqda. “Corriere dello Sport” nashri jurnalistlarining fikricha, murabbiy va futbolchi o'rtasidagi tushunmovchilik futbolchining jamoadagi o'rni tufayli yuzaga kelgan.
Manbaga ko'ra, mashg'ulotlardan birida Zanolo Mourinoga o'zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon etishiga imkon bermay, undan noto'g'ri foydalanayotganini aytgan. U “Venetsiya”ga qarshi o'yinda ham asosiy tarkibda tushmaganidan norozi edi.
Biroq, ma'lum bo'lishicha, mojaro yakkama-yakka suhbatda hal etilgani taxmin qilinmoqda.

Bosh sahifaga
274