So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Peres Evropa superligasining asosiy maqsadini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Real» prezidenti Florentino Peres Evropa superligasining asosiy maqsadini e'lon qildi.
«Evropaning 12ta top-klubi Evropa superligasi loyihasini butun jahonga e'lon qilishdi. Bu maqsad yo'lida biz Madridda kompaniyani tashkil qildik. Uning maqsadi — bu ozodlik, o'zini o'zi boshqarish, moliyaviy feyr-pley, shaffoflik va birdamlik, raqobatbardoshlik, hurmat, milliy musobaqalar va ishqibozlarga hurmat, shuningdek, sport turlari orasida qirol bo'lgan futbolni rivojlantirish.
Superliga milliy chempionatlarni hurmat qiladi. Informatsion tanbehlarga qaramay, ushbu loyiha ligalarga hurmatni saqlagan holda tuzilgan. Ta'sischi-klublar shuni ma'lum qilishdiki, Superliga faqat milliy musobaqalar bilan hamohanglikda rivojlanadi.
Evropa superligasi — bu shunchaki yangi musobaqa emas, u kattaroq loyiha. U futbolning hozirgi dinamikasini o'zgartirishga harakat qiladi. Chunki, nimadir qilmasak, futbol asta-sekin o'ladi», – deya funktsionerning so'zlaridan iqtibos keltirdi «Real» rasmiy sayti.