Shuhrat Maqsudov: “Yigitlarga tashakkur aytaman!”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Superliganing 25-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Surxon” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bunyodkor” muxlislarini, ishchilarini va ayniqsa, futbolchilarini g'alaba bilan chin ko'ngildan tabriklayman. Yigitlarga tashakkur aytaman! “Surxon”ga keyingi o'yinlarda omad tilayman!
Bosh murabbiy sifatida dastlabki mavsumni o'tkazdim. O'zimga, yordamchilarim va futbolchilarimga ishonardim. Ular har bir o'yinda kuchli ekanliklarini isbotlashdi. Hech kim mehnat qilishdan to'xtamadi va mana ijobiy natijalar kela boshladi. Homiylarga, xususan klubimiz prezidenti Mehriddin Abdullaevga o'zim va futbolchilar nomidan minnatdorlik bildirmoqchiman.
Superligada jamoalar sonini ko'paytirish? Bu narsani mas'ullar o'ylagani yaxshi. Mening vazifam – futbolchilarni o'yinga tayyorlash. Bu narsa mening vakolatimga kirmaydi. Albatta, o'yinlar soni ko'p bo'lgani yaxshi, faqat jamoalar bunga loyiq bo'lishi kerak. 3-4 turdan keyin safar o'yinlariga pul topolmasa, chempionatga ziyon keltiradi. Shu bois bu masalani chuqurroq o'ylash lozim.
Manba: Bunyodkor klubi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
315