Superliga. «Bunyodkor» «Surxon»ni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

O'zbekiston chempionatining 25-turidan o'rin olgan o'yinlar 20 noyabr, shanba kuni bo'lib o'tdi.
«Bunyodkor» o'z uyida «Surxon»ni qabul qildi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Avazbek O'lmasaliev toshkentliklarning birinchi goli muallifiga aylandi. 34-daqiqada Murod Bobojonov hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'lim so'ngida esa Avazbek O'lmasaliev dublni rasmiylashtirdi.
Ikkinchi bo'limda Xurshid G'iyosov penaltidan unumli foydalanib, «Bunyodkor»ning 3:1 hisobidagi g'alabasini ta'minladi.
25-turdan so'ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 42 taga etkazdi va 5-pog'onadan o'rin oldi. «Surxon» esa 22 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.
Superliga, 25-tur
20 noyabr, shanba
«Bunyodkor» — «Surxon» 3:1
Gollar: 1:0 — 25 Avazbek O'lmasaliev, 1:1 — 33 Murod Bobojonov, 2:1 — 40 Avazbek O'lmasaliev, 3:1 — 69 Xurshid G'iyosov
«Bunyodkor»: 71. Sarvar Karimov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 10. Xurshid G'iyosov (3. Dian Talxatov, 87), 13. Lutfulla To'raev, 14. Mirjahon Mirahmadov (22. Shahboz Erkinov, 77), 19. Nurillo To'xtasinov, 26. Ulug'bek Abdullaev (4. Davronjon Ergashev, 60), 30. Abdulla Abdullaev, 34. Suhrob Izzatov (29. Muzaffar Olimjonov, 77), 37. Muhammadodil Qahramonov, 49. Ibrohim Tomiva (17. Odiljon Abdurahmonov, 60).
«Surxon»: 12. Rustam Nortojiev, 6. Alisher Salimov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 8. Jahongir Ahmadov, 10. Murodbek Bobojonov, 11. Zohir Pirimov (4. Javohir Sohibov, 62), 14. Jasur Xolto'raev (38. Muhammad Ali Abdurahmonov, 74), 19. Nuriddin Hasanov (60. O'rol Choriev, 75), 20. Husniddin G'ofurov (70. Ibrohim Yo'ldoshev, 74), 23. Abdul Aziz Yusupov (, 99. Kamron Saidazimov, 76), 66. Behruz Shaydulov.
Ogohlantirishlar: Ulug'bek Abdullaev (14), Avazbek O'lmasaliev (35), Nurillo To'xtasinov (68), Rustam Nortojiev (68), Odiljon Abdurahmonov (73), O'rol Choriev (82).

Bosh sahifaga
315