Superliga. «Paxtakor» Hojimat Erkinovning «xet-trigi» evaziga «Lokomotiv»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

O'zbekiston chempionatining 25-turi doirasida "Lokomotiv" o'z maydonida chempionlikni masalasini hal qilgan "Paxtakor"ni qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlar yirik hisobda g'alaba qozonishdi.
E'tiborli tomoni, paxtakorchilarning har uchala goliga Hojimat Erkinov mualliflik qildi. "Paxtakor" yarim himoyachisi 36-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, so'nggi daqiqalarda u o'z hisobiga yana 2ta gol yozdi.
"Paxtakor" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 60taga etkazgan bo'lsa, "Loko" 36 ochko bilan 6-pog'onada qoldi.
Superliga, 25-tur
"Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:3
Gollar: Hojimat Erkinov (36, 84, 86)
"Paxtakor": Quvvatov, Azmiddinov, A'zamov, Anzur Ismoilov (S), Sayfiev, Abror Ismoilov, Sobirxo'jaev, Erkinov, Xolmatov, Cheran, Matich.
"Lokomotiv": Ilyosov, Qobilov, Maxaradze, Abduxoliqov, Qodirqulov, Jaloliddinov, Jumaboev, G'ulomov, Muhammadiev, Fayziev, Turopov.

Bosh sahifaga
318