«Qo'qon-1912» «Lokomotiv BFK» darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 803

FIFA kunlari munosabati bilan Superligada yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Toshkentda yig'in o'tkazayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchilari bugun o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. No''mon Hasanov shogirdlarining raqibi – Pro liga vakili – “Lokomotiv BFK” jamoasi bo'ldi.
Mazkur nazorat uchrashuvi chinakamiga gollar shousiga aylanib ketdi. Qo'qonliklar o'zlarining raqiblariga zarracha bo'lsada imkoniyat qoldirmadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv BFK” – 7:0
Bosh hakam: Hasan Ro'ziev.
Gollar: Suhrob Berdiev – 13, 23, Shahboz Erkinov – 27,29, Iqbol Malikjonov – 40, Avazxon Mamatxo'jaev - 66, Behruz Sadilloev – 73.
“Qo'qon-1912”: 25. Sarvar Karimov, 10. Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov, 16. Jasur Hasanov, 17. Bexruz Sadilloev, 19. Suhrob Berdiev, 20. Iqbol Malikjonov, 22. Shahboz Erkinov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Milosh Nikolich, 70. Murod Xolmuhammedov.

Bosh sahifaga
304