Shuhrat Fayziev: «So'nggi turni Olmaliqda AGMKga qarshi o'tkazamiz, hammasi o'z qo'limizda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Superliganing 25-turidan o'rin olgan «So'g'diyona» - «Nasaf» (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Shuhrat Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— O'yin qiziqarli kechdi. Hech bir jamoa yutqazishni xohlamadi. Omad kelib, birinchi golni ura oldik. Afsuski, yana penalti orqali gol o'tkazib yubordik. Bunaqasi mana bir necha o'yindirki, ro'y bermoqda. Ikkinchi taymdagi bahsli vaziyatga kelsak, menimcha, to'p raqib futbolchisining qo'lga tegdi. Hakam ko'rdi, biroq penalti bermadi. Bilmadim, bu nima bilan bog'liq. Ammo baribir imkoniyatimiz saqlanib qoldi. 26-turni Olmaliqda AGMKga qarshi o'tkazamiz. Barchasi o'z qo'limizda.
— Darvozabon nega almashtirildi? Bu rotatsiya bilan bog'liqmi?
— Shunchaki murabbiylar shtabi shunday qarorga keldi. Bizda bir xil darajadagi 2-3 darvozabon bor. Shu bois boshqa posbonimizga ham imkoniyat taqdim etishni istadik.

Bosh sahifaga
318