Tomas Tuxel: "U jamoamiz uchun muhim futbolchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Chelsi" ustozi Tomas Tuxel jamoa futbolchisi Hakim Ziesh kelajagi haqida fikr bildirdi. U "Lester"ga qarshi o'yin oldidan shunday deydi:
"Men uning mavsumoldi mashg'ulotlarida yaxshi harakat qilganini ko'p takrorladim. Keyin esa, uni zahiraga mixlab qo'ygan jiddiy jarohatga uchradi. U elkasidagi jarohati sabab og'riq bilan harakat qilishga majbur bo'ldi. Bu esa uni maydonda erkin harakat qilishiga qo'ymadi. Jarohat Zieshning o'yin uslubiga ham ta'sir o'tkazdi. U meni xonamga hech qachon o'yin istab kelmagan. Hozir esa u jamoamiz uchun muhim. U juda qobiliyatli yigit. Umid qilamanki, u tez orada jamoamizga to'liq qaytadi".
"Chelsi" bu turda safarda "Lester" bilan bahslashadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194