O'zbekiston MTJ Xitoyga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1236

O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda o'tkaziladigan "China Cup-2019" musobaqasida ishtirok etishi haqida avval xabar berib o'tgandik.
Terma jamoamiz a'zolari Toshkent-Pekin-Nanning yo'nalishi bo'ylab salkam 9 soat parvozdan so'ng manzilga etib kelishdi.
Delegatsiyamiz a'zolarini aeroportda tashkilotchilar va mahalliy OAV xodimlari juda iliq kutib olishdi. Terma jamoamiz Nanning shahridagi "Wanda REALM Resort" mehmonxonasiga joylashdi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 19:00da Xitoydagi dastlabki mashg'ulot o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261