A Seriyaning 3 jamoasi "Ayntraxt" futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Filipp Kostich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli serb futbolchisi agentini o'zgartirgan va yangi agentiga o'zini A Seriyada sinab ko'rmoqchi ekanligini aytgan. Ma'lum qilinishicha, futbolchiga Italiya chempionatining 3 klubi "Inter", "Latsio" va "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum Kostich "Ayntraxt" klubi uchun 13 o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 5 golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchining narhini 20 million evroga baholagan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244