"Barselona" himoyachisi uchun ikkita APL klubi da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

"Barselona" tarbiyalanuvchisi ikkita APL klubi nazariga tushdi. Xabar qilinishcha, "Everton" hamda "Lester" klublari bir vaqtning o'zida "Barselona"ning B jamoasi vakili Anrau Komas uchun da'vogarlik qila boshlagan.
21 yoshli himoyachi murabbiylar shtabi tomonidan yuqori baholangan. U bu mavsumda klubning B jamoasida 11ta uchrashuv o'tkazgan va ularning 5tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan.
Har ikkita APL jamoasi Komas bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Ular kelasi yozda himoyachi uchun rasmiy taklif bilan chiqishi aytilgan.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239