Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatiga Ukrainada tayyorlanishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Ayni kunlarda og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Ukrainaning Kamenets-Podolskiy shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
25 oktyabr kuni xorij yig'iniga yo'l olgan jamoamiz 11 noyabrgacha Turkiyaning Antalya shahrida mashg'ulot olib borishdi. Shundan so'ng Bahrom Mendiboev qo'l ostidagi atletlarimiz Ukrainaga kelishdi va yig'inning so'ngi bosqichini o'tkazishmoqda. Eslatib o'tamiz, ushbu yig'in kelasi oy Toshkentda o'tadigan jahon chempionati oldidan so'nggi tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tab beradi. Jamoamiz 5 dekabr kuni Toshkentga qaytib kelishi rejalashtirilgan. Jahon chempionati esa 7 dekabrdan boshlanadi.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260