"Yuventus" futbolchisi: "Klub Ronaldusiz ham g'alabali odimlaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Yuventus" klubi himoyachisi Danilo Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. U "Goal Brasil" nashriga shunday deydi:
"Istalgan jamoa Ronalduni sog'inadi va uning yo'qligi har doim sezilib turadi. Yillar o'tsa ham, u etakchi bo'lib turadi. U bilan raqib darvozasi oldidagi har qanday vaziyat gol bilan tugaydi. U kurashuvchan futbolchi. Men "Yuve"da undan ko'p narsa o'rgandim. Biz hali ham gaplashib turamiz. Har o'yin oldidan bir-birimizga omad tilaymiz. Biz uni sog'inishda davom etayapmiz. Ammo "Yuventus" katta klub. U Ronaldusiz ham o'z yo'lida davom eta oladi va g'alabali odimlaydi. Buni Krishning o'zi ham biladi".
Eslatib o'tamiz, Ronaldu va uning jamoasi bugun mehmonda "Uotford" bilan to'qnashadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240