Murodjon Ahmadaliev 12 raund davom etgan jangda chililik bokschini mag'lub etib, chempionlik kamarlarini himoya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Professional boks bo'yicha ikkinchi yarim engil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7 KO) 20 noyabr tongida AQShda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Manchesterda (Nyu-Gempshir shtati) bo'lib o'tgan jangda Murodjon Ahmadalievga chililik Xose Velaskesga qarshi raqiblik qildi. To'liq raund davom etgan bahsda Murodjon ochkolar hisobida g'alaba qozonib, kamarlarini himoya qildi. Dastlabki 6 raund davomida Ahmadaliev ustunlikka erishgan bo'lsa, 7-raundga kelib, Velaskes faollik ko'rsatdi va bir qator zarbalar yo'lladi. Oxirgi raundlarda ham Murodjon raqibiga nisbatan faolroq harakat qildi.
Hakamlarning barcha ochkolar bo'yicha ustunlikni o'zbekistonlik bokschiga berishdi.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev 2021 yilning aprel oyida bo'lib o'tgan jangida yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundda nokautga uchratib, o'z kamarlarini himoya qilgandi.
Bungacha 26 yoshli bokschi 2020 yilning yanvarida Daniel Romanni mag'lub etib, bir yo'la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi.

Bosh sahifaga
314