«Bunyodkor» Krasnodardagi xotira turinirini mag'lubiyat bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2805

Rossiyaning Krasnodar shahrida Sergey Igorevich Vaxrushev xotirasi uchun VIII xalqaro turnir start oldi.
Musobaqada 2003 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar g'oliblik uchun kurash olib bormoqda. Turnirdagi ilk uchrashuvini Moskvaning “Chertanovo” futbol akademiyasi jamoasiga qarshi o'tkazgan “Bunyodkor” nafaqat g'alabani, balki durangni ham qo'ldan chiqardi.
Avvaliga Rahmonaliev va To'xtasinovning gollari sababli “qaldirg'ochlar” hisobda oldinga chiqib olgan edi. Ammo o'z irodasini namoyish qilgan “chertanovtslar” Levinning dubli va Yakimenkoning goli evaziga mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishdi - 3:2.
“Bunyodkor” ertaga guruhdagi ikkinchi uchrashuvini “Dinamo-Minsk”ga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 14:15da start oladi.
XOTIRA TURNIRI
“Chertanovo” (Moskva, Rossiya) – “Bunyodkor” (Toshkent, O'zbekiston) – 3:2
Gollar: Levin (2ta), Yakimenko – Rahmonaliev, To'xtasinov.
19 mart (seshanba)
14.15 “Bunyodkor” (Toshkent, O'zbekiston) – “Dinamo-Minsk” (Belarus)

Bosh sahifaga
270