Lingard "Vest Xem" bilan muzokaralarni qayta boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard "Vest Xem"ga qaytishga yaqin turibdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, londonliklar angliyalik futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
"Qizil iblislar" futbolchi bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. Endi manchesterliklar yanvarda yarim himoyachini 10 million funtga sotishga tayyor.
2021/22 yilgi mavsumda Lingard "Man Yunayted"ning 8ta o'yinida harakat qilib, 154 daqiqani maydonda o'tkazgan. Uning hisobida 2ta gol va 1ta golli uzatma mavjud.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217