Sambochilarimiz «Lujniki»da o'tadigan jahon kubogida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5371
22-23 mart kunlari Moskvadagi muhtasham “Lujniki” Olimpiya kompleksida sambo bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi.
A.A. Xarlampiev xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladigan mazkur turnir jahon kubogi maqomida bo'lib, unga ko'plab mamlakatlardan sportchilar tashrif buyuradi. Sambo kurashi bo'yicha bahslar yakuniga etgach, jangovor sambo bo'yicha ham janglar tashkil qilinishi belgilab qo'yilgan. Turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan ishtirok etadi. Delegatsiyamiz tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
– 62 kg: Davlatjon Hamroev
– 68 kg: Timur Xudoykulov
– 74 kg: Abbos Jalolov
– 82 kg: Ulug'bek Rahmonov
– 90 kg: Ne'mat Yoqubov
Ayollar
– 52 kg: Ma'murjonova Zuxraxon
– 56 kg: O'rmonova Zarnigor
– 60 kg: Nesibeyli Orazbaeva
Jangovor sambo:
– 57 kg: Sirojiddin Anorkulov
– 74 kg: Istam Qudratov
– 82 kg: Bekzod Nurmatov
– 90 kg: Ahliddin Xo'jaev
+ 100 kg: Hakimjon Ismoilov
Roman Shakirov– bosh murabbiy
Jahongir Qoraboev– jangovor sambo bo'yicha murabbiy