“Milan” etakchisi bilan sharnoma uzaytirishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

“Milan” himoyachisi Teo Ernandes klub bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni yakunlamoqda, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira. Futbolchi va “rossonerilar” o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Italiyaliklar futbolchiga 2026 yilning iyunigacha yangi shartnoma taklif qilishdi. “Qizil-qoralar” frantsiyalik futbolchining maoshini yiliga 1,5 million evrodan 4,5 million evroga ko'taradi. Tomonlar yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Ernandes “Milan”da 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279