Milinkovich-Savich «Latsio»dan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich agenti Mateya Kezman serb Rim klubini tark etmoqchi ekanligini aytdi.
«Sergey yangi chaqiruvga tayyor. U «Latsio»ni hurmat qilgan holda top-klubda o'ynashni xohlaydi.
Yuventus? Bu ajoyib jamoa. Sergey uchun Turin klubida o'ynash sharaf bo'lardi», - deya Kezmanning so'zlarini keltiradi Nikolo Skira.
26 yoshli yarim himoyachining «Latsio» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Milinkovich-Savich barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
456