Gvardiola Sterlingning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

«Manchester Siti» bosh murabbiyi unga hujumchi Rahim Sterlingning jamoani tark etishi mumkinligi haqida boshqa savol bermaslikni so'radi.
«Transfer oynasi ochilishidan oldin buni mendan so'ramang. Hozir bor etiborimni faqat o'yin va jamoa natijalariga qaratganman. Rahim haqida ham shunday deyish mumkin. Men bu savollarga javob berishni xohlamayman, chunki kelajakda nima bo'lishini bilmayman», - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi BBC.
Oldinroq «Barselona» vingerni ijaraga olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/22 yilgi mavsumda Sterling «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 15 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
509