Klopp: "Arsenal" mavsum boshida butunlay boshqa jamoa edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Premer liganing 12-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Arsenal» o'tgan mavsum yakunida evrokuboklarga chiqa olmadi. Bu unchalik yaxshi emas, lekin Arteta evrokuboklarsiz o'tgan vaqtdan unumli foydalanmoqda. "Arsenal" endi mavsum boshiga nisbatan butunlay boshqacha jamoa. Ha, ularda sakkizta mag'lubiyatsiz o'yin bor, lekin ular “Enfild”ga borishadi".
“Liverpul” 20 noyabr kuni “Enfild” stadionida “Arsenal”ga qarshi bahs olib boradi. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
Angliya chempionatining 11-turidan keyin “Liverpul” 22 ochko jamg'arib, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Arsenal" 20 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
273