Diego Godin Turkiya klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

«Kalyari» markaziy himoyachisi Diego Godin qishda «Beshiktosh»ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi Football Italia.
Gazeta xabariga ko'ra, turk klubi yanvar oyida «qizil-ko'klar» bilan shartnomani bekor qilib, erkin agentga aylanmoqchi bo'lgan 35 yoshli futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirmoqda.
O'tgan yozda urugvaylik futbolchi «Beshiktosh»ga o'tishni istamagandi, ammo shundan keyin uning fikri o'zgargan bo'lishi mumkin.
Joriy mavsumda Godin «Kalyari» safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 2 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
461