Adama Traorega ikkita grand klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

“Vulverxempton”ning portugaliyalik yarimhimoyachisi Adama Traorega Evropaning bir qancha grand klubi qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, futbolchiga “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgani aytilgandi. Biroq ispaniyalik futbolchi yangi mavsumni “bo'rilar” safida qoldi.
“90min” nashri xabariga ko'ra, Adamaning ehtimoliy transferi bo'yicha ishlar yanvar oyida yana tiklanishi mumkin. Manbaga ko'ra, Traorega ikki top jamoa qiziqish bildirmoqda – “Liverpul” va “Barselona”. Manbaga ko'ra, mersisaydliklar ispan futbolchisi uchun 50 million evro taklif qilgan. Kataloniyaliklar esa keyinchalik sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Adama transferiga “Barsa” murabbiyi Xavining shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
462