“Arsenal” portugaliyalik futbolchini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Londonning “Arsenal” klubi markaziy chiziqni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. “Le10Sport” sport nashrining xabar berishicha, “kanonirlar” portugaliyalik yarimhimoyachi Renatu Sanches bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
Ingliz klubi shartnomani qishki transfer oynasi vaqtida amalga oshirmoqchi. Frantsiyaning “Lill” klubi a'zosining transferi uchun londonliklarga 30 million evro to'lamoqchi.
Avvalroq portugaliyalik futbolchiga Italiya chempionatidan taklif borligi haqida xabar berilgandi.
24 yoshli yarim himoyachining “Lill” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Frantsiyaning chempionatining joriy mavsumida Renatu 6 ta uchrashuvda qatnashib, 1 golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
462