“Arsenal” pullarini qaytarishni xohlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Angliya Premer ligasida o'zini ko'rsata olmayotgan ivuarlik Nikolya Pepe Italiya chempionatiga o'tishi mumkin. “Il Milanista” nashri xabariga ko'ra, milanliklar afrikalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni mo'ljallamoqda.
“Arsenal” klubi Pepe uchun sarflangan pulni qaytarish uchun undan xayrlashishga tayyor. “Kanonirlar” Nikolyani 80 million evro evaziga sotib olishdi.
Manbaga ko'ra, “rossonerilar” kelasi transfer mavsumida sotib olishni mo'ljalamoqda.
Ma'lumot o'rnida, Pepe joriy mavsumda APLning 9 ta uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331