“Barsa” “arzon-garov” himoyachi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Kataloniyaning “Barselona” jamoasini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda. Qishki transfer oynasida “ko'k-anorranglilar” jamoa himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Jurnalist Jerar Romeroning xabar qilishicha, kataloniyaliklar Londonning “Chelsi” klubi bilan hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha olmagan markaziy himoyachi Andreas Kristensen qiziqmoqda. Daniyalikning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Shu sabab “Barsa” uni arzonlashtirilgan narxda sotib olishni mo'ljallamoqda.
Angliya Premer ligasining joriy mavsumida 25 yoshli himoyachi sakkizta o'yinda maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326