“Real” Pogbaga alternativ topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

“Real” klubi rahbarlari “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytishi mumkin. “Qirollik klubi” “Monako” a'zosi Aurelien Chuamenini sotib olishi mumkin.
Madridliklar 21 yoshli yarimhimoyachini Pogbaga ajoyib alternativ sifatida ko'rmoqda. Polning “qizil iblislar” bilan shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi. Tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda, biroq hozircha kelishuvga erishmagan.
Aurelien 2020 yilning yanvaridan buyon “Monako”da o'ynaydi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Chuamenining transfer qiymati 35 million evroga baholangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265