“Barselona” bu vaziyatdan xavotirga tushmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Yaqinda “Chelsi” futbolchining shartnomasidagi banddan foydalanib, 17 yoshli yarimhimoyachi Gavini “Barselona”dan sotib olmoqchiligi haqida tarqalgandi. Londonliklar “ko'k-anorranglilar” futbolchisini 50 million evroga sotib olmoqchi edi.
Biroq jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Kataloniya klubi bu vaziyatdan xavotirda emas. Xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar yaqin orada Gavi yangi shartnoma imzolashi va jamoada qolishiga ishonchi komil.
Ta'kidlanishicha, Gavi “Barselona” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma'lumot o'rnida, yosh yarimhimoyachi Luis Enrike qo'l ostida Ispaniya terma jamoasiga muntazam ravishda chaqirilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281