"Lester" futbolchisi qaysi klubda o'ynashni orzu qiladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Lester" hamda Belgiya terma jamoasi a'zosi Uesley Fofana o'z oruzidagi jamoa nomini aytdi. Undan qaysi jamoada kelajagini tasavvur qilishi haqida so'ralganida, u shunday javob beradi:
"Mendan qaysi klubni orzu qilasan deb ko'p so'rashadi. Menda bunday klublar ko'p. Masalan, "Marsel", "Real", "Barsa". APLda esa "MYu", "Chelsi" hamda "Man Siti". Biroq orzu uchun harakat qilish kerak bo'ladi. Men tug'ilganimdan buyon "Marsel"ga muxlisman. Bu jamoa meni katta orzum. Biz esa kelajakni oldindan ayta olmaymiz".
Fofana mavsum oldidan o'tkazilgan o'yinlarda oyog'idan jiddiy jarohat olgandi. Unga oyoq suyaklari sinish tashxisi qo'yilgan. Futbolchi Yangi yildan keyin to'liq mashg'ulotlarga qaytishi mumkin bo'ladi.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
426