Petr Chex: "U "Chelsi"ga qaytadi va bu erda o'z o'rniga ega bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Chelsi"ning sobiq darvozaboni, hozirgi kunda esa texnik direktori Petr Chex klub tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer haqida gapirdi. U klub saytiga shunday deydi:
"Konor uchun Angliya terma jamoasiga chaqiruv olish, keyin esa unda debyut qilish juda ham ajoyib bo'ldi. Men u uchun quvondim. Agar u "Kristal Pelas"ga ketmay, shu erda qolganida, bunday natijalarga erisha olmagan bo'lar edi. Agar sen APLda doimiy o'ynayotgan bo'lsang, demak nimanidir eplay olayapsan. Bu esa senga o'zingni ko'rsatish imkoniyatini beradi. O'ylaymanki, Konor yanada yaxshiroq bo'lib, "Chelsi"ga qaytadi va bu erda o'z o'ringa ega bo'ladi".
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli yarim himoyachi bu mavsumda umumiy 6ta golda bevosita ishtirok etgan.
Manba: caughtofffside.com
Bosh sahifaga
308