Alvesning "Barsa"dagi maoshi haftasiga 1 evro emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"Barselona" jamoasining yangi transferi Dani Alvesning maoshi borasida yangi xabarlar paydo bo'ldi.
Ispaniyaning "Marca" nashri xabariga ko'ra, Dani Alves "ko'k-anorranglilar" safida haftasiga 1 evro miqdorda maosh olishi haqidagi xabarlar yolg'on. Futbolchi klubda La Liga ruxsat bergan minimal miqdordagi maosh yiliga 155000 evro oladi.
U har qanday holatda ham "Barselona"ga qaytishni istadi va minimal taklifni qabul qildi, deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 17 noyabr kuni braziliyalik 38 yoshli futbolchining tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. Endi Alves yanvar oyidan boshlab o'yinlarda ishtirok etishi mumkin.
Manba: MarcaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
509