PSJ "Milan" futbolchisiga e'tiborini qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Milan" yarim himoyachisi Frank Kessi "Pari Sen-Jermen" qiziqishlari doirasida, deya xabar berdi "Foot mercato" nashri.
Parij klubi shu mavsum yakunida "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etadigan futbolchiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Ular Kessi bilan dastlabki og'zaki kelishuvga erishishga yaqin, deya qo'shimcha qilgan manba.
Qayd etilishicha, kot-d'Ivuarlik yarim himoyachi ayni vaqtdagi maoshini (2.2 million evro) 9 million evrogacha ko'tarishga qaror qilgan. "Milan" unga 6 milliondan ko'proq pul to'lamoqchi emas.
Joriy mavsum 24 yoshli Frank milanliklar safida 12 o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
416