"Everton" "Inter" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Italiyaning "linterista.it" portali xabariga ko'ra, Angliyaning "Everton" klubi "Inter"ning 32 yoshli yarim himoyachisi Ivan Perishichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Angliya klubi allaqachon ehtimoliy transfer borasida "neradzurrilar" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va futbolchining o'ziga ham taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishni istaydi.
Perishich va "Inter" o'rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirigacha tuzilgan. Tomonlar uni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.
A Seriyaning joriy mavsumida Ivan 10 o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
415