«Barselona» va «Real» «Ayaks» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

«Barselona» va «Real» klublari «Ayaks»ning o'ng qanot himoyachisi Nusayr Mazrauiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.es.
24 yoshli futbolchining Niderlandiya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt.com portali himoyachini 18 million evroga baholamoqda.
Oldinroq Mazrauiga «Manchester Siti», «Arsenal», «Lids» va «Brayton» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/22 yilgi mavsumda futbolchi «Ayaks» safida barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
414