Klaudio Raneri: “Ronalduni menga bering. Bizda muammo bo'lmaydi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

Ushbu hafta “Uotford” APL doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri o'yindan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlarning Krishtianu Ronalduning transferi mankunianliklar o'yiniga salbiy ta'sir ko'rsatdimi, degan savoliga javob berdi.
“Unda menga Ronalduni bering. Bu men uchun muammo bo'lmaydi va shu bilan birga u barcha o'yinlarni istisnosiz maydonga tushadi. U o'z o'yini bilan yosh futbolchilarga yordam beradigan va sport rivojiga ta'sir ko'rsatadigan dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri”, - deya izoh berdi italiyalik mutaxassis.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsumida MYu safida barcha musobaqalar doirasida 12 uchrashuvda 9 gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284