Koman "Bavariya"ning navbatdagi o'yinida ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hujumchi Kingsli Koman jarohati sabab Germaniya chempionati 12-turidan o'rin olgan "Augsburg"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.
"Komanning oyoq mushaklarida kichik muammolar bor, shuning uchun u ertangi o'yinni o'tkazib yuboradi", – dedi murabbiy Myunxen klubi matbuot xizmatiga.
Joriy mavsum 25 yoshli frantsiyalik futbolchi "Bavariya" uchun 11 o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377