Rafael Leau "Milan" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Milan" hujumchisi Rafael Leau klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi, deya xabar beradi italiyalik jurnalist Petro Matstsara.
Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchining agenti Xorxe Mendes klub bilan yangi shartnoma tuzishga kelishib olgan. Shartnoma 2026 yilning iyunigacha tuziladi. Unga ko'ra, futbolchining yangi maoshi yiliga 4 million evroni tashkil qiladi.
22 yoshli portugaliyalik joriy mavsumda milanliklar safida barcha turnirlarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
380