Dembele “Barsa” safiga kelgandan so'ng, uchrashuvlarning yarmini jarohat sabab o'tkazib yuborgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Kataloniyaning “Barselona” klubi 2017 yilda 120 million evro evaziga Usmon Dembelening “Borussiya D” jamoasidan sotib olgan. “Opta” nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi ushbu transferidan buyon jamoa o'yinlarining atigi 49,6 foizida maydonga tushdi. Usmon maydonda harakat qilgan kunlaridan ko'ra, jarohatlar tufayli kasalxonada ko'p vaqtni o'tkazib yubordi.
Nashrning qo'shimcha qilishicha, Dembele “ko'k-anorranglilar” safiga qo'shilgandan keyingi 240 o'yindan 119 tasida maydonga tushdi. E'tiborlisi, vinger bu uchrashuvlarda 30 ta gol va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Dembeleni o'zining taktik tarkibidagi asosiy o'yinchiga aylantirish istagi borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Bosh sahifaga
377