"Milan" sardoriga yangi shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Milan" o'z himoyachisi va jamoa sardori Alessio Romanoliga yangi shartnoma taklif qildi, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.
Unga ko'ra, "rossonerilar" futbolchiga yiliga 3.5 million evro maosh bilan birgalikda 2026 yilning iyunigacha qadar uzaytirilgan yangi shartnoma taklif qildi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishga yaqin.
26 yoshli markaziy himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi.
Avvalroq, "Milan" jamoaning asosiy hujumchisi Zlatan Ibragimovichga ham yangi shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377