Dino Dzoff: «Ronaldu ham inson»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

Italiya terma jamoasi va «Yuventus» klubining sobiq darvozaboni Dino Dzoff «keksa sinora»ning ayni paytda holati borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
79 yoshli Dino Dzoff o'z fikrini turinliklarning «Latsio»ga qarshi kechadigan o'yini haqida bildirishdan boshladi.
«O'ylashimcha, «Latsio» va «Yuve» qiziqarli futbol namoyish etib berishadi. Sarri bilan uchrashuv — yana bir muhim jihat. Albatta, biz bunday futbol bilan ilk marta duch kelayotganimiz yo'q. Ammo, «Latsio» g'alaba qozonadigan bo'lsa, Mauritsio bundan qoniqish hosil qilsa kerak.
Ronalduning ketishi? Bu o'yinchining qarori. Chempionlar safida bunday holat yuz berib turadi. Keling, haqiqatga tik qaraymiz: uning yolg'iz o'zi hamma narsani qila olmaydi. Ular futbolchidan Oyni olib berishni so'rashdi. Go'yoki, uning xato qilishga haqi yo'qdek. Ammo u ham biz kabi inson», - dedi Dzoff.
Eslatib o'tamiz, «Latsio» - «Yuventus» uchrashuvi 20 noyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Bosh sahifaga
302