“Chelsi” Ryudigerga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

“Chelsi” rahbariyati himoyachi Antonio Ryudiger bilan yangi shartnoma borasida yana muzokara o'tkaza olmaganidan so'ng, londonliklar mavsum oxirida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo'lgan nemis futbolchisiga potentsial o'rinbosar qidira boshlashdi.
Britaniyaning “Mirror” nashri xabariga ko'ra, Chempionlar ligasining amaldagi sohibi “Lester” vakili Uesli Fofanaga e'tibor qaratgan. Bundan tashqari, “Chelsi” futbolchining agentlari bilan bog'lanib, ehtimoliy kelishuvni muhokama qilgan.
Transfermarkt portali 20 yoshli frantsiyalik futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda. Yosh himoyachi “Lester” bilan bir yarim mavsumda Angliya Premer-ligasida 28 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301